Huawei 1
Yarim yilda qurilish korxonalari 4,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-iyun oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 31 456 ta yuridik shaxs tomonidan qariyb 4,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 501,5 mlrd so‘mi, ya’ni 10,9 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 6,8 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 74,8 mlrd so‘m.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS - 245,9 mlrd so‘m;
JShODS - 83,7 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 71,4 mlrd so‘m;
foyda solig'i - 53,3 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 31,6 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 13,2 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 2,4 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada:

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101812 | Инструменты