Huawei 1
"Qamchiq"da yuk mashinasi to‘rt avtomobil bilan to‘qnashdi va yonib ketdi

2024-yil 27-iyul kuni soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan A.K. “CAMC” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sabab o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Isuzu” hamda “Howo” rusumli yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib "Mercedes-Benz Sprinter" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida “CAMC” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida “CAMC” rusumli yuk avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi, 1995 yilda tug‘ilgan B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101812 | Инструменты