Huawei 1
Xorvatiya bilan Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan murabbiy vafot etdi

Sobiq futbol murabbiyi Miroslav Blajevich vafot etdi.

Xorvatiyalik mutaxassis 88 yoshga toʻlishiga ikki kun qolganida olamdan oʻtdi. U 2011-yildan beri prostata saratoni bilan kurashib kelayotgandi.

Blajevich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyati bilan mashhur bo’lib, u 1994-yildan 2000-yilgacha jamoani boshqargan va 1998-yilgi Mundialda Xorvatiya bilan tarixiy bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Murabbiy Shveysariya, Eron, Bosniya va Gersegovina terma jamoalarida ham ishlagan. “Syon”, PAOK, “Nant”, “Dinamo Zagreb”, “Hayduk” kabi klublarni boshqargan. Uning yutuqlari orasida Xorvatiyada 2-marta chempionlik, mamlakat kubogi va superkubogi, Shveysariya kubogi va Yugoslaviya chempionligi bor.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты