Xorvatiya terma jamoasi murabbiyi Ispaniyaning tiki-takasi eskirgani va futbolning ertasi qaysi taktika ekanini aytdi
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Ispaniya terma jamoasining uslubi haqida fikr bildirdi.
“Fikrimcha, tiki-taka – endi tarix. Bu uslub hozirgi zamonaviy futbolda eskirdi. Ispaniya Marokashga qarshi oʻyinda 900-marta toʻpni oshirib, yakunda magʻlubiyatga uchradi. Ketma-ket finallarda oʻynayotgan Fransiya esa qarshi hujumda oʻynamoqda.
Barqaror himoya chizigʻi va tezkor qarshi hujumlar — futbolning ertasi aynan mana shu jihatlar orqali quriladi”, - deydi Dalich Jahon chempioanti 3-oʻrini uchun Marokashga qarshi oʻyin oldidan.
Eslatib oʻtamiz, Xorvatiya va Marokash oʻrtasidagi 3-oʻrin uchun bahs bugun, 17-dekabr kuni soat 20:00 da boshlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11203 | Инструменты