"Manchester Siti" ayni vaqtda dahshatli seriyani o'tkazmoqda. Avvaliga Pep Gvardiola jamoasi ketma-ket beshta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi, keyin esa Chempionlar ligasida “Feyenoord” bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan boy berdi. Biz bugun so'nggi 20 yil ichida top-klublardan qaysi biri mag'lubiyatli seriyalar qayd etgani haqida to'xtalamiz. Qizig'i shundaki, ularning har biri murabbiyning ishdan bo'shatilishiga sabab bo'lgan.
"Real Madrid" (2008/2009-yilgi mavsum, ketma-ket beshta mag'lubiyat)
O'sha vaqtda "Real Madrid" Klasikodagi sharmandali mag'lubiyatdan so'ng o'ziga kelmadi. Madrid klubi o'z maydonida 2:6 hisobida mag'lub bo'ladi, shundan keyin "Barselona" bilan turnir jadvalidagi farq 7 ochkoga yetadi. Ammo "Real"ning muvaffaqiyatsizligi mavsum oxirigacha davom etadi va qolgan barcha o'yinlarda mag'lub bo'ladi. Shunga qaramay, poytaxt jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni saqlab qoladi. Mavsum yakunida “Real” bosh murabbiy Xuande Ramos bilan xayrlashdi. Uning o'rniga Manuel Pellegrini olib kelinadi. 2009/2010-yilgi mavsumda esa "Real" 96 ochko jamg'argan bo'lsa-da, baribir "Barselona"dan o'tib ketolmaydi.
"Yuventus" (2008/2009-yilgi mavsum, sakkizta o'yinda g'alaba qozonmagan)
Turin klubi Klaudio Raneri boshchiligida noxush seriya o'tkazadi. "Yuventus" mazkur bahslarda bor-yo'g'i ikki marta mag'lub bo'lgan, yana oltita uchrashuvda esa raqiblari bilan ochko bo'lishib olgan. O'sha yili Raneri “Atalanta” bilan o‘yindan so‘ng “Yuventus”ni tark etadi. Shundan so'ng, Turin klubi bu seriyani buzadi. Jamoa mavsumni Siro Ferrara boshchiligida yakunlab, A Seriyaning so'nggi ikki turida ikkita g'alabaga erishadi.
"Liverpul" (2010/2011-yilgi mavsum, 7 ta o'yinda g'alaba qozonmagan)
2010-yilning kuzida mersisaydliklar ketma-ket yetti uchrashuvda g'alaba qozona olishmaydi. Bu davrda "Liverpul" Liga kubogidan chiqib ketadi, "Nortgempton"ga yutqazadi, Yevropa ligasi guruh bosqichida ikkita durang qayd etadi. Angliya chempionatida uch marta mag‘lub bo‘ladi. Derbidagi mag'lubiyatdan so'ng Roy Xojson jamoasi APL turnir jadvalida so'nggi o'ringa tushib ketadi.
"Manchester Yunayted" (2015/2016-yilgi mavsum, sakkizta o'yinda g'alaba qozonmagan)
Mankunianliklar 2015-yil oxirida omadsizlikka uchragandi - o'shanda jamoani Lui van Gal boshqargan. Natijada “Manchester Yunayted” guruh bosqichi yakunida Chempionlar ligasidan chiqib ketadi. Bundan tashqari, jamoa Premyer-ligada oltinchi o'rinni egallaydi. Mazkur muvaffaqiyatsizliklardan keyin Van Gal “Manchester Yunayted”ni tark etadi.
"Arsenal" (2019/2020-yilgi mavsum, to'qqizta o'yinda g'alaba qozonmagan)
"Arsenal"ning g'alabasiz dahshatli seriyasi deyarli bir yarim oy davom etgan. To'qqizta o'yin - bironta g'alaba yo'q. "Arsenal" Liga kubogidan chiqib ketadi. Premyer-liga va Yevropa ligasidagi o'rnini yomonlashtiradi. Noxush seriya sabab Unai Emeri ishdan olinadi. Jamoa Yevropa ligasida “Ayntraxt”ga mag‘lub bo‘lgach, ispaniyalik mutaxassis iste’foga chiqariladi. U ketganida, "Arsenal" Premyer-ligada sakkizinchi o'rinda edi. Mikel Arteta bilan jamoa mavsumni xuddi shu o'rinda yakunlaydi, ammo Angliya kubogini qo'lga kiritadi.
"Chelsi" (2022/2023-yilgi mavsum, to'qqizta o'yinda g'alaba qozonmagan)
2022/2023-yilgi mavsum barcha "Chelsi" muxlislari uchun dahshatli tushday o'tdi. Jamoa bir necha g'alabasiz seriyalarni qayd etdi va eng uzoq davom etgani 2023-yilning bahoriga to'g'ri keldi. Poytaxtliklar to‘qqizta uchrashuvda g‘alaba qozona olmaydi. Bularning barchasi Chempionlar ligasidan chiqib ketishga olib keldi. Bundan tashqari, jamoa Premyer-ligada 12-o'ringa tushib ketadi. Grem Potter “Aston Villa”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy lavozimidan ozod etiladi. Uning o'rnini mavsum oxirigacha Frenk Lempard egallaydi. Biroq, jamoada o'zgarishlar bo'lmaydi. 2023-yilning yozida esa jamoani Maurisio Pochettino qabul qilib oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты