“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ da  axborot texnologiyalari joriy etilishi holati

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgarishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holati bo‘yicha  “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ da ko‘rsatkichlar quyidagicha :

- AKTni joriy etish va rivojlantirish holatini baholash bo‘yicha Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik  va idoralarda AKT joriy etish va rivojlantirish holatini baholash metodikasi bo‘yicha 19 tashkilotdan 3ta tashkilot “a’lo” bahoga baholandi : shundan “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ  96,45 % ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni egallamoqda;

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha murojaatchilarning javoblardan qoniqqanlik darajasi 5 balli tizim bo‘yicha baholanib, “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ da 5 ballni tashkil etmoqda;

-  Elektron hujjat aylanish tizimidan foydalanish samaradorligi bo‘yicha “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ da – 100 % bilan yuqori ko‘rsatgich qayd etilgan;

- Iqtisodiyotning real sektorida axborot tizimlari va dasturiy maxsulotlarni joriy etish yuzasidan Kompleks bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 apreldagi PQ-2158-son qaroriga muvofiq 2014-2015 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 2 410,0 mln. so‘m miqdorida bo‘lgan 4 ta loyixa kiritilgan. Shundan, 1 ta loyixa “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ ga tegishli bo‘lib, yakuniga yetkazilib, ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 avgustdagi PQ-2569-son qaroriga muvofiq 2016-2018 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 2 700,0 mln so‘m miqdorida 9 ta loyixa kiritilgan. Shundan, 3 tasi  “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ ga tegishli.

Kompaniyaning AKT bo‘yicha mutaxassislari tizimga eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish, axborot almashinuvining yagona tizimini shakllantirish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sug‘urta faoliyatida ish jarayonlari samaradorligini oshirishda qo‘l keladigan yangi loyixalar ustida ish olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты