Poytaxtimizda "Kapital Sug'urta" kompaniyasi aksiyadorlarining yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi. U jamiyatning Kuzatuv kengashi qaroriga ko'ra chaqirildi. Tadbir doirasida jamiyatning Kuzatuv kengashi raisi, bosh direktori va boshqalar so'zga chiqdi.
Poytaxtimizda «Kapital Sug’urta» kompaniyasi aksiyadorlarining yillik yig'ilishi bo'lib o'tdi. U jamiyatning Kuzatuv kengashi qaroriga ko'ra chaqirildi. Tadbir doirasida jamiyatning Kuzatuv kengashi raisi, bosh direktori va boshqalar so'zga chiqdi.
Kun tartibidan Jamiyatning o'tgan yildagi moliyaviy-xo'jalik faoliyati yakunlari va «Kapital Sug’urta» AJning yillik hisobotini tasdiqlash kabi 16 ta masala o'rin oldi. Bundan tashqari, Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Kompaniya aksiyadorlari e'tiboriga uzoq muddatli Rivojlanishning strategik rejasi loyihasi taqdim etilib, tasdiqlandi.
Shu bilan birga, yig'ilish ishtirokchilari «Kapital Sug’urta» AJda korporativ boshqaruv kodeksini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog'liq masalalarni ham muhokama etishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50211 | Инструменты