Huawei 1
Abdulla Aripov Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenovni ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrikladi

Bugun, 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Respublikasining yangi Bosh vaziri Oljas Bektenov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumatning rasmiy veb-saytida tegishli bayonot e’lon qilindi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Oljas Bektenovni Qozog‘iston Bosh vaziri etib tasdiqlagani munosabati bilan samimiy tabriklagan.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirilgan.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri qozog‘istonlik mavqedoshini ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi ham yuborgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты