O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
- Baxodir Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi;
- Shuxrat Xalmuxamedov O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi;
- Abdusalam Abdumavlanovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122614 | Инструменты