Akbar Toshqulov Adliya vaziri etib tayinlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi.

Oldingi adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.  

Akbar Toshqulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist" unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyati 

U o‘z mehnat faoliyatini 1994−1995-yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017-yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlgan. 2021-yil 10-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30718 | Инструменты