Bungacha u “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatiga raislik qilib kelayotgandi.
Shamsiddin Faxriddinovich Alimov Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Shamsiddin Alimov 1984-yil 27-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universitetini (bakalavr va magistr) tamomlagan.
Faoliyati davomida u sobiq Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Mineral resurslar instituti” davlat korxonasida turli lavozimlarda ishlagan.
Alimov 2023-yildan buyon vazirlik tizimidagi “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112410 | Инструменты