BMT Toshkentdagi onlayn xizmatlar darajasini “o‘rta” darajadan “juda yuqori” darajaga ko'tardi

BMTning Elektron hukumat tadqiqoti — 2026 (UN E-Government Survey 2026) doirasida e’lon qilingan Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida (Local Online Service Index, LOSI) Toshkent dunyoning 194 ta shahri orasida 37-o‘rinni egalladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yilgi reyting bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston poytaxti 58 pog‘onaga — 95-o‘rindan 37-o‘ringa ko‘tarildi. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha 0,3646 dan 0,8911 gacha o‘sdi, bu esa Toshkentga “o‘rta” darajadan “juda yuqori” darajaga o‘tish imkonini berdi. Ushbu ko‘rsatkich Osiyo mintaqasi (0,6343) va dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (0,5584) yuqoridir.

Osiyo mintaqasida Toshkent 14-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa Olmaotadan (0,9604) keyin 2-o‘rinni egalladi. Osiyo va dunyoda birinchi o‘rin Dubayga (1,000) nasib etdi.

LOSI indeksi shaharlarning rasmiy veb portallari va mahalliy elektron xizmatlarni 6 ta asosiy yo‘nalish va 101 ta indikator bo‘yicha baholaydi. Toshkentning yo‘nalishlar bo‘yicha natijalari:

- Institutsional asoslar — 1,0000;
- Axborot ta’minoti — 0,9032;
- Elektron hukumat sohasidagi savodxonlik — 0,9000;
- Elektron xizmatlar — 0,8950;
- Elektron hukumat infratuzilmasi — 0,8571;
- Fuqarolar ishtiroki — 0,8000.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112411 | Инструменты