Huawei 1
Bangladeshning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Bangladeshning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Muhammad Monirul Islomni qabul qildi.

"Bangladeshning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Monirul Islom janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini olishdan mamnunmiz, - deb yozdi  O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida

"O‘zbekiston va Bangladesh izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda, maqsadlarimiz mushtarak, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.  O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zaro aloqalarni barcha sohalarda jadallashtirishga tayyor", - deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Monirul Islom 2020-2023-yillarda Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Muhammad Jahongir Alam o‘rnini egalladi.

Yangi  elchi 48 yoshda. 2001-yildan beri Bangladesh TIV tizimida  ishlab kelmoqda. U Toshkentga tayinlangunga  qadar o‘z mamlakatining Istanbul va Nyu-Yorkdagi  bosh konsulliklarida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты