Huawei 1
Baxtiyor Saidov Islom hamkorlik tashkilotidagi mavqedoshlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov 21-22 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida qatnashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

“Sessiya ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish uchun samarali maydon bo‘ldi”, deya yozgan u.

Saidov o‘z navbatida, tadbirni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy mehmondo‘stlik uchun Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanga chuqur minnatdorlik bildirgan.

Vazirning qayd etishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi islom dunyosidagi hamkorlar bilan o‘nlab samarali uchrashuvlar va mazmunli muloqotlar o‘tkazgan.

“Oldimizdagi dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashib, tinchlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashning amaliy yo‘llarini muhokama qildik”, deydi TIV rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62219 | Инструменты