Bishkek 2025-yilda turkiy dunyoning raqamli poytaxtiga aylanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar tashkilotining Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan XI sammitidagi nutqi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Qirg‘iziston rahbari Bishkekka 2025-yil uchun turkiy dunyoning raqamli poytaxti maqomini berish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston UTC doirasida raqamli integratsiya jarayonini tezlashtirishga intilayotganini ta’kidladi.
"Yagona raqamli makonni yaratish sohasida biz elektron tijorat, transport va logistika tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, raqamli standartlar va sertifikatlarning o‘zaro tan olinishidan manfaatdormiz. Biz elektron imzolarni o‘zaro tan olish mexanizmlarini yaratishga qaratilgan hujjatlarni birgalikda ishlab chiqish niyatidamiz. Qirgʻiziston raisligi doirasida raqamli texnologiyalar sohasida, ayniqsa, davlat xizmatlari va sunʼiy intellekt sohasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish uchun koʻmak koʻrsatiladi", dedi Sadir Japarov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты