Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan navbatdagi tungi nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.
Qorovulbozor tumani hududida olib borilgan reyd davomida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilganra 20 dona Turkiston mo‘ylovdori hamda 25 dona zog‘o balig‘ini ovlagani aniqlandi. Ular baliqlarni olib ketayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatildi.
Ushbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 1 mlrd 603 mln 125 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko'rish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты