6 noyabr kuni Toshkent metrosida bir erkak xojatini chiqargani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, videotasvirda aks etgan holat joriy yilning 27 sentyabr kuni sodir etilgan. Shundan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Ayni vaqtda belgilangan tartibda fuqaroga nisabatan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты