Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng Vengriya bosh vaziri Yevropaning yakka o‘zi Ukrainaga yordam berishi mumkinligiga shubha qildi va bu masalani qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya harbiy agressiyasidan o‘zini himoya qilishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi strategiyasini o‘zgartirishni talab qildi. U 6-noyabr, chorshanba kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida so‘zlagan nutqida, Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng Amerikaning Kiyevga yordami to‘xtatilishi mumkinligiga ishora qildi.
Shu nuqtai nazardan, Yevropaning Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni yakka o‘zi olishga qodirligiga “jiddiy shubhalar bor”, shuning uchun Yevropa Ittifoqining yangi strategiyasi zarur, dedi Orban.
Orban Tramp g‘alabasidan so‘ng tinchlikka umid bildirdi
Facebook’da e’lon qilingan videoda vengriyalik o‘ng qanot populist Trampning “yorqin” g‘alabasini olqishladi, uning fikricha, bu g‘alaba “dunyo tinchligi uchun umid” keltiradi.
8-noyabr kuni Budapeshtda Yevropa Ittifoqining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi, unda asosiy mavzulardan biri Trampning AQShdagi g‘alabasi va uning mumkin bo‘lgan oqibatlari bo‘ladi. Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Vengriya bosh vaziri rossiyaparast pozitsiyasi va Ukrainaga qurol yetkazib berishni toʻxtatishni talab qilgani uchun keskin tanqid qilinmoqda. Orban Yevropa Kengashidagi raisligidagi asosiy mavzuni Trampning shioriga o‘xshash shiorga aylantirdi – “Yevropani yana buyuk qiling”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110714 | Инструменты