Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Bobur Primqulov Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bobur Primqulov 2013-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Uchko‘prik tumanidagi “Yakka mulla” qishloq vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori sifatida boshlagan.
Turli yillarda Farg‘ona viloyat onkologiya dispanseri onkolog-shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktorining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u Turkiyaning “Acibadem” va AQSHning “Memorial Sloan Kettering Cancer Center” kabi nufuzli klinikalarida malaka oshirgan.
Tayinlovga qadar Bobur Primqulov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты