Huawei 1
Bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi

Majlisda taʼlim sifatini yana-da oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab taʼmirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion so‘m ajratiladi.

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Prezidentimiz aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yana-da samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Shu nuqtai nazardan Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Avvalambor, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yana-da yaqinlashtirish lozim.

Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.

Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitasi va masʼul ijro etuvchi organ bilan birgalikda o‘rganib borilishi muhim ahamiyatga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112014 | Инструменты