Boku shahriga amaliy tashrif doirasida 13-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini BMTning Iqlim bo‘yicha sammiti (COP29) muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan tabrikladi.
2024-yil avgust oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston—Ozarbayjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida hamkorlik yuksak darajaga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvni davom ettirish, shuningdek, 2025-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash doirasida keng qamrovli tadbirlar dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111414 | Инструменты