«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovdagi vagonlar orqali yuk tashish tariflarini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bog‘liq xarajatlar oshgan.
«Ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovda aksiyadorlik jamiyatiga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshiriladi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111423 | Инструменты