Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilishda aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Viloyatda bu oy 21,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib keladi. Ularni va ishsiz, kam daromadli aholini ish va daromad manbalari bilan taʼminlash – strategik vazifa.
Yangi tayinlangan viloyat rahbarlari tadbirkorga yordam berib, Buxoroni kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish shartligi haqida ogohlantirdi.
Buxoroda kichik biznesga bu yili 5,9 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 2,1 trillion so‘m kredit ajratilishi eʼlon qilindi. Turizm va servis uchun yana 100 million dollar alohida ajratiladi.
Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat – sanoat zonalari.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida Kogon tumanida 1 ming gektarda yirik sanoat majmuasi barpo qilinmoqda. Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.
Yangi majmua tajribasini, jalb qilingan mutaxassislar bilimini boshqa sanoat zonalariga tatbiq qilish kerakligi aytildi.
Mutasaddilarga sanoat zonalari bo‘yicha imtiyoz va sharoitlari jozibador bo‘lgan yangi qonunlar paketini kiritish topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты