Huawei 1
Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi vazifalar yuklatilmoqda

Prezidentning 31-maydagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qaroriga muvofiq, Davlat xavfsizlik xizmatiga vakolatli organ sifatida qator vazifalar yuklatildi. Jumladan:

— muhim axborot infratuzilmasi (keyingi o‘rinlarda — MAI) ob’yektlarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini kuzatib boradi, ularni baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqadi;

— Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda rivojlantirish holati ustidan nazorat va monitoring olib borishda ishtirok etadi;

— o‘ta muhim va toifalangan obyektlardagi MAI obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatini xabardor qiladi hamda ularning natijalari to‘g‘risida 48 soat ichida yozma axborot kiritadi;

MAI obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi yuzasidan vakolatli davlat organi o‘z vaqtida xabardor etiladi hamda ushbu xodimlarni har 3 yilda bir marta vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

DXX, shuningdek, 2023-yil 1-oktabrga qadar muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining vaqtinchalik yagona davlat reyestrini shakllantiradi va vaqtinchalik nizomni tasdiqlaydi.

2024-yil 1-dekabrga qadar xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining doimiy yagona davlat reyestrini shakllantirish hamda obyektlarni toifalashning doimiy tartibini belgilash yuzasidan takliflarni prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga kiritishi topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51118 | Инструменты