Huawei 1
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmed bin Aqil al-Xatib bilan uchrashdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmed bin Aqil al-Xatib bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Aziz Abduhakimov Madridda bo‘lib o‘tgan saylovlar chog‘ida Samarqand nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun tashakkur bildirdi va 2026-yilda UNWTO Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi mezbonligi uchun saylovda Saudiya Arabistoni nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘z navbatida Ahmed bin Aqil al-Xatib ikki davlat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi. 

A. Abduhakimov Xiva “Islom olamining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganini ta’kidlab, Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalarini ushbu go‘zal shaharning boy tarixi va madaniy merosini namoyish etish uchun Xivaga taklif qildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va sayyohlik blogerlari uchun oilaviy sayohatlar uyushtirish orqali O‘zbekiston va Saudiyaning turizm salohiyatini birgalikda targ‘ib qilishni oshirish, ikki davlat o‘rtasida parvozlar sonini ko’paytirish, Saudiyaning yetakchi fotograflarini yurtimizga taklif qilib, ularning suratlari asosida “O‘zbekiston saudiyalik fotograflar nigohida” maxsus ko‘rgazmasini tashkil etish, 2024–2025-yillarga mo'ljallangan qo'shma memorandum bo'yicha harakatlar rejasi ishlab chiqish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda Saudiyadan Oʻzbekistonga turizm oqimi tiklandi (1731 ta) va bu yil 60 foizdan ortiq oʻsish kuzatildi. O‘tgan yili turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanib, sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish borasida kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32913 | Инструменты