Raqobat qo‘mitasi maxsus axborot portalidagi maʼlumot va ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilayotgan murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring ishlarini olib bormoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Faoliyat yuritmayotgan korxona tanlov g‘olibi bo‘ldi” nomli murojaat qoldirilgan.
Unda Oltiariq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi (Buyurtmachi) tomonidan maktablar uchun qurilish mollari yetkazib berish bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 699,8 mln. so‘mlik tanlovda g‘olib talabgor faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Raqobat qo‘mitasining dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, buyurtmachi tomonidan maxsus axborot portali orqali joylashtirilgan ushbu tanlovda buyurtmachi tomonidan shartnoma tuzilmaganligi va savdo ixtiyoriy ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40102 | Инструменты