Huawei 1
Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka 1,3 mlrd yevro ajratadi

Yevrokomissiya Yevropa kelajagi va texnologik suvereniteti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim texnologiyalarni joriy etishga 1,3 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi.

Mazkur investitsiyalar 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan «Raqamli Yevropa» (DIGITAL) dasturi doirasida amalga oshiriladi. Dastur sun’iy intellektni (SI) keng joriy etish, kiberbarqarorlik va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Qayd etilishicha, mablag‘lar, xususan, biznes va davlat sektori uchun generativ sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqadigan «SI fabrikalari» tashabbusini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim choralarga yo‘naltiriladi.

Yevrokomissiya mablag‘lari, shuningdek, Yevropa raqamli innovatsiyalar markazlarini qo‘llab-quvvatlashga, shifoxonalar va suvosti kabellari kabi muhim infratuzilmalar kiberxavfsizligini kuchaytirishga hamda YeIdagi o‘quv muassasalarining raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha salohiyatini oshirishga sarflanadi.

DIGITAL dasturida ishtirok etish uchun loyihalar tanlovi 2025 yil aprel oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40205 | Инструменты