Huawei 1
Elyorbek Karimov Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi

Elyorbek Karimov Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Elyorbek Karimov 1986-yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida masʼul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42201 | Инструменты