Huawei 1
Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va oilaviy baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston prezidentining joriy yil 18-19-aprel kunlari Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты