Huawei 1
Xorazmda kiyim-kechak bozorlaridan biri yonib ketdi

Bugun, 7-noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Shermatlar” MFY, Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты