19-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Oradan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
"Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Yaap Ora janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik. Ikki mamlakat o'rtasidagi ikki va ko'p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qildik. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdik. Janob Elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz", deya yozgan vazir rasmiy sahifasida.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Kanadaning O'zbekistondagi yangi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты