Huawei 1
Kanadaning O'zbekistondagi yangi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kanadaning yangi tayinlangan elchisi Kristofer Duggandan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. 

"TIVda Kanadaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Kristofer Duggan janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida.

– Hozirda O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqamizning global roli ham kengayib bormoqda. Biz O'zbekiston-Kanada aloqalarida hali ro'yobga chiqmagan katta salohiyat ko'rmoqdamiz. Janob Elchiga faoliyati davomida mamlakatlarimiz o'rtasida mavjud ko'priklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o'tamiz, Kristofer Duggan 2024-2025-yillarda Kanadaning O'zbekistondagi elchisi sifatida ishlagan Alan Xamson o'rniga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22104 | Инструменты