Huawei 1
Zelenskiy xorijliklarga Qurolli kuchlarda ofitserlik lavozimlarini egallashga ruxsat berdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakat Qurolli Kuchlarida ofitserlik lavozimlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi saytida xabar berildi.

10 oktyabr kuni Ukrainaning oliy qonun chiqaruvchi organi yakuniy o‘qishda qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, xorijliklar shartnoma asosida harbiy xizmatni nafaqat oddiy askar va serjant, balki ofitser sifatida ham o‘tashi mumkin.

Chet el fuqarolari Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya va Davlat maxsus transport xizmati bilan shartnomalar imzolashlari hamda ofitserlik lavozimlarini egallashlari mumkin bo‘ladi. Biroq, bundan oldin ular tekshiruvdan o‘tishi kerak, buning uchun Chet elliklarni ishga qabul qilish markazi yaratiladi.

Ko‘ngillilarning chegarani qonuniy yo‘l bilan kesib o‘tgani va Ukrainada ekanligi, mamlakatda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgani, xorijiy davlatlarning Ukrainaga qarshi razvedka va qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan-etmagani tekshiriladi.

Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko xorijliklarga kontrakt xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi zarurligini zobitlar yetishmasligi bilan izohladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102718 | Инструменты