Huawei 1
Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvili O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini  yakunlayotgan Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.

"O‘zbekistondagi  diplomatik  missiyasini  yakunlayotgan Gruziya Elchisi Zurab Abdushelishvili janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi  O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida. 

"Janob elchiga  ikki tomonlama aloqalarimizga aniq  natijalar bilan qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz  hamda tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizga bo‘lgan samimiy qiziqishini yuksak qadrlaymiz", deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Zurab Abdushelishvili 2019-yil may oyida ishonch yorliqlari nusxalarini TIVda topshirgan edi. U elchi Konstantin Jgentining o‘rniga tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты