Huawei 1
Hindistonliklar uchun O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yengillashtiriladi

2024-yil 27-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati va Hindiston Milliy to‘lov korporatsiyasi (NPCI) vakillari o‘rtasida gibrid shaklda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xorijiy tomondan Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant, NPCI kompaniyasining bosh ijrochi direktori va boshqaruvchi direktori Dilip Asbe, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Chinar Deshpande ishtirok etdi.

Oʻzbekiston tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Pak, Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Saydullaev, Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Mirdovidov va boshqa masʼul shaxslar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekistonga tashrif buyurgan hindistonlik sayyohlar uchun to‘lov usuli sifatida Yagona to‘lov interfeysini (UPI) joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun: Unified Payments Interface (UPI) – Hindiston Milliy To‘lov Korporatsiyasi (NPCI) tomonidan ishlab chiqilgan Hindistondagi elektron to‘lov tizimi. Bu foydalanuvchilarga mobil qurilmalar orqali tezkor operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. UPI turli bank xizmatlarini bitta ilovaga birlashtiradi, bu foydalanuvchilarga UPI ID deb nomlanuvchi noyob identifikator yordamida pul jo‘natish va qabul qilish, to‘lov va xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar va taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik harakatlari rejasini ishlab chiqish zaruratini kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92816 | Инструменты