Huawei 1
1-noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi

Hozirgi kunda tadbirkorlar faoliyatidagi kamchiliklar aniq belgilanmagani sababli, hatto kichik xatolar uchun ham ularning biznesi 10 kungacha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Shu bois, 1-noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan to‘rtinchi ochiq muloqot davomida Prezident reyestrda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash uchun "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi joriy etilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish faqat reyestrga kiritilgan omillar asosida amalga oshirilishi taklif etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92817 | Инструменты