Huawei 1
Toshkentda avtomashinasi salonida yo‘lovchi ayolga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida  MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 52-moddasi 2-qismi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumonlangan shaxsga oid ish ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni fuqaro G.U. (ayol kishi) “102”ga qo‘ng‘iroq qilib, unda nomaʼlum shaxs, uni moshinasiga o‘tkazib, shilqimlik qilayotganini maʼlum qilgan.

Holat IIB xodimlari tomonidan o‘rganilganda Sh.U. (erkak) o‘zining ORLANDO avtomashinasida G.U.ni manziliga olib borib qo‘yishga kelishgan. Sh.U. avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tib G.U.ning oyoq va ko‘krak qisimlariga teginib shahvoniy shilqimlik qilganligi va avtomashinasini qulflab, duch kelgan tomonga haydab ketganligi, G.U.ning “102”ga qilgan murojaatiga asosan IIO xodimlari Sh.U.ga avtomashinasini to‘xtatishni talab qilganida u xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay harakatni davom ettirganligi aniqlangan. 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 52-moddasi 2-qismi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi. Unga nisbatan shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va BHMning 2 baravari (680 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92818 | Инструменты