Huawei 1
O‘zbekiston Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirishni ko‘rib chiqmoqda

Oliy Majlis Senati Raisi rasmiy tashrif doirasida Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi Shen Isin xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida ikki mamlakatning tarixiy do‘stona munosabatlari va yil sayin yangi darajaga ko‘tarilib borayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari, davlatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tomonlar xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida, shu jumladan, iqtisodiyotning barcha sohalarida, qolaversa, ikki mamlakat do‘stona aloqalari mustahkamalanishida faol ishtirokini taʼminlash borasidagi ishlarga eʼtibor qaratdi.

Bu borada faol o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92818 | Инструменты