Islom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Islom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U 1992-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti, prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Latviyaning ISMA menejment oliy maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Rishton tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiya menejeri (boshqarma boshlig‘i) sifatida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101711 | Инструменты