Tabiatga 600 mln so'mlik zarar: Toshkentda noqonuniy ravishda darxtlar kesib tashlandi

Uchtepa tumani, “Qo‘rg‘ontepa” MFY, 11-mavze hududida sun’iy suv havzasi qurilishi munosabati bilan daraxtlar kesilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlandi.

O‘rganishlar davomida 14-oktabr kuni “Qo‘rg‘ontepa” MFY, 11-mavze, 346- va 340-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oralig‘idagi hududda noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda daraxtlar kesib tashlangani aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Aniqlangan holat natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori amaldagi qonunchilik talablari asosida 599 million 720 ming so‘m etib hisoblandi.

Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan shaxslarni aniqlash va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar IIBBga tegishli tartibda xat yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101718 | Инструменты