Huawei 1
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yana-da kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini taʼminlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami kengaytiriladi.

Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning aksariyati ijtimoiy muhitdan ajralgan holda taʼlim olmoqda. Ularning umumtaʼlim maktablariga qatnashi uchun to‘siqsiz muhit va zarur sharoit yaratiladi, maxsus pedagog va psixologlar jalb qilinadi.

Jamiyatimizda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari uchramoqda.

Prezident madaniyatimizga xos bo‘lmagan bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishimiz va ayovsiz kurashishimiz shartligini taʼkidladi. Bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘ladi.

Shu bois, yaqinda, bolaning hayoti, sog‘lig‘i, shaʼni va qadr qimmatiga tajovuz qiladigan, jismoniy va ruhiy azob yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarda davlat tomonidan tegishli huquqiy va ijtimoiy choralar ko‘rilishi qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Prokuratura organlari zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha taʼsirchan choralarni yana-da kuchaytirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

So‘nggi besh yilda “Korrupsiyaning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida O‘zbekiston 23 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 2023 yilda 140 ta mamlakat orasida 66-o‘rinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida bu yo‘nalishda sezilarli ijobiy ko‘rsatkichni namoyish etdi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” joriy etildi.

Biroq, bu borada hali yechimini kutayotgan masalalar ham yetarli ekani taʼkidlandi.

O‘tgan yili korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaygan bo‘lsa-da, 6 ming 500 nafar shaxs korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yana-da kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Prezident Senatni aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat tushunchalarini singdirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111914 | Инструменты