Joriy yil 15 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘quvchining onasi S.R. va o‘qituvchi G.R. (ayol) o‘rtasida ziddiyat kelib chiqib, urishib ketishgan.
Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqaro S.R.ga Maʼmuriy javobagarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41 (Tuhmat) va 52 (Yengil tan jarohati yetkazish) moddalari 2-qismi, G.R.ga nisbatan MJtKning 52-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Mazkur qaror prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, asossiz bo‘lganligi sababli bekor qilingan va 18 noyabr kuni fuqaro S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xozirda jinoyat ishi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga yuborilgan.
Jinoyat ishi tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111915 | Инструменты