Huawei 1
Kozimdjan Kamilov - Konstitusiyaviy sud sudyasi, Baxtiyor Islamov - Oliy sud raisi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda

Preizdent Shavkat Mirziyoyev Konstitusiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Kozimdjan Kamilovning nomzodini taklif etdi. U 2017-yildan beri O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. Ochiq qolgan ushbu lavozimga esa davlat rahbari o'zining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Islamovning nomzodini ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari joriy yil 24-avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar ham kiritdi.

Nomzodlar ro'yxati :

- Balkibayeva Janagul Ismaylovna;
- Gafurov Askarjon Boyisovich;
- Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;
- Ismaylov Raxat Aminbayevich;
- Raximov Abdumannob Kuziyevich;
- Raxmanov Akmal Ergashevich.

Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24-avgust kunidan boshlab kirishadilar.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Sudyalar oliy kengashi 5 nafar sudyani lavozimidan ozod etgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60913 | Инструменты