Kuni kecha Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda ayrim sudyalarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Muhokama yakunida Kengash qarori bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi S. Tursunov, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev, Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi B. Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I. Xakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun, Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi Sh.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Avvalroq, "O‘zkimyosanoat” AJ va tizim korxonalarining 23 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilib, 17 nafar xodimi esa egallab turgan lavozimidan ozod etigani haqida yozgandik. Shuningdek, kuni kecha "Chilonzor voqeasi" uchun ushbu tumanning hokimi va prokurori lavozimidan ozod etilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71716 | Инструменты