Litva poytaxtida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Vilyus shahrida (Litva) "UZ Euro Trade House" O‘zbekiston savdo uyining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tantanali marosimda Litva hukumati, jamoat va ishbilarmon doiralari, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Litva o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yana-da oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdoni faollashtirishga xizmat qiladigan ushbu mexanizmning ishga tushirilishi O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi aloqalarning har tomonlama rivojlanib borayotganining yorqin ifodasi ekanligi taʼkidlandi.
Qayd etilganidek, savdo uyining ishga tushirilishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy sheriklik va natijaga yo‘naltirilgan mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi shubhasiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112014 | Инструменты