Huawei 1
Mudofaa vaziri, general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov o‘q otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi: endi u O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasini ham boshqaradi.

Bu haqda bugun, 23-dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida maʼlum qilindi.

Yig‘ilishda, jumladan, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘q otish sport turini yurtimizda yana-da rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini taʼminlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so‘ngra O‘q otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov nomzodi taklif etilib, yig‘ilish delegatlari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Yig‘ilishda yangi saylangan federatsiya raisi majlis ishtirokchilarini mamlakatda o‘q otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirish yo‘lida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122322 | Инструменты