Huawei 1
Namangan viloyati hokimligi huzurida alohida direksiya tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilishicha, Angren shahridan To‘raqo‘rg‘on tumanigacha 100 kilometrlik yo‘lda avtomobillar oqimi kuniga 10 mingdan oshadi. Bu yo‘lni ikki tomoni yil davomida jozibali.

Lekin bu yerda odamlarni 2-3 soat ushlab qoladigan loyihalar kamligi qayd etildi. Yo‘l bo‘yi servisi Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on tumanlari uchun drayver bo‘lishi, tadbirkorlar 2,5 trillion so‘m investitsiya kiritib, 10 ming aholini doimiy band qilishga tayyorligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga viloyat hokimligi huzurida alohida direksiya tashkil qilib, master-reja ishlab chiqish va yo‘l bo‘yidagi yerlarni auksionga chiqarish topshirildi.

Namangan viloyati maydonining 20 foizi tog‘lardan iborat. Bu – tog‘ turizmini rivojlantirish uchun katta imkoniyat.

Ayniqsa, bunday loyihalarni Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoqda amalga oshirish mumkin.

Germaniyalik hamkorlar bilan Shahrisabz tajribasi asosida bu tumanlarda tog‘ turizmini rivojlantirish master-rejasini ishlab chiqish va yil yakunigacha loyihalarni boshlash muhimligi taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты