Nursultan Kayupov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi

Nursultan Kayupov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

N.Kayupov 1991-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan.

U 2014-yilda Toshkent davlat texnika universitetini (bakalavr), 2016-yilda ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

2014-2018-yillarda “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” AJda bir qancha lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2018-2021-yillarda Innovatsion rivojlanish vazirligida bir qancha lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72702 | Инструменты