Huawei 1
O‘rmon xo‘jaligi agentligiga yangi direktor tayinlandi

Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga Erkin Muhitdinov direktor etib tayinlandi.

Erkin Muhitdinov turli yillarda turli banklarda ishlagan, 2017 yil iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi. 2023 yil avgustida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi, 2024 yil mayida Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Biroq besh oydan keyin faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun lavozimidan olingan.

Hozirga qadar Ekologiya vazirligining O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tayinlovga qadar o‘rmon xo‘jaligi sohasini uzoq yillardan buyon Nizomiddin Bakirov boshqarib kelayotgan edi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10517 | Инструменты