Huawei 1
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Transafg‘on temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kobul shahrida Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda birinchi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi.

"O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining bugungi birinchi uch tomonlama uchrashuvi o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Butun Yevroosiyo uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Trans-Afg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitimni imzoladik. Mazkur loyiha savdoni kuchaytiradi, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘l ochadi.

Savdo aloqalarini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish sohalarida hamkorlikni shunindek, Termiz xalqaro savdo markazidan foydalanishni kengaytirish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladik".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71900 | Инструменты